16 noy 11:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentda WBC International kamarini himoya qiladigan amerikalik bokschi Ermal Hadribay jangdan oldingi matbuot anjumanida nimalar dedi?
17 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida Lift promouterlik kompaniyasi WBC tashkiloti bilan hamkorlikda professional boks oqshomi o'tkazadi.
Kecha musobaqa doirasida ringga ko'tariluvchi bokschilar hamda WBC rahbari Maurisio Suleyman ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. Unda ishtirok etgan amerikalik bokschi Ermal Hadribay ham o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Salom. O'zbekiston chiroyli mamlakat ekan. Men bu jangga yaxshi tayyorgarlik ko'rdim. Butun jamoamiz bilan birgalikda biz bu jangni his qilgan holda tayyograrlik olib bordik. Men juma kuni bor mahoratimni ishga solishim va o'zimni ko'rsatishim kerak. Buning uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman".
Malumot uchun, Ermal Hadribay (16-0-1) o'ziga tegishli WBC International kamarini meksikalik Karlos Molinadan himoya qiladi (38-13-2).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar