12 may 17:02
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Toshkentda xotin-qizlar o'rtasida velotur bo'lib o'tdi
Poytaxtimizda Xalqaro oila kuniga bag'ishlangan velotur musobaqasi o'tkazildi.
			Havaskor xotin-qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan musobaqada ko'plab sportchilar o'z omadlarini sinab ko'rishdi. Yog'ib turgan yomg'ir bellashuvlarning qiziqarli kechishiga aslo halal bergani yo'q.
Bahslar uch yosh toifasida – 18-30, 31-44 va 45 yoshdan yuqori xavaskor sportchilar uchun tashkil qilindi. Velotur poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi «Aviator» savdo majmuasidan Mirzo Ulug'bek ko'chasigacha, u erdan Taraqqiyot ko'chasi bo'ylab o'tkazildi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
             
			
Fikrlar