19 okt 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Toshkentdagi Osiyo chempionatida oltin medalga erishgan bokschimiz doping sababli uch yilga chetlatildi
Bu haqda antidoping agentligi xabar bergan.
Unga ko'ra, bokschi Xurshidbek Rasuljonovning doping-sinamasida taqiqlangan modda aniqlangan va shu tufayli Rasuljonov 3 yil muddatga diskvalifikaciya qilingan.
Malum bo'lishicha, doping-sinama Xurshid Rasuljonovdan 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasida o'tkazilgan (ASBC Asian U22 Boxing Championships) Osiyo chempionatida olingan. Rasuljonov ushbu musobaqada 60 kg vaznda ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Xurshidda doping aniqlangani sabab, u ushbu oltindan mahrum qilindi.
Havola :
Manba : t.me/antidopinguz
Fikrlar