24 sen 09:02
Yangiliklar
Toshkentga kelayotgan "Ozodlik oroli" tarkibida Olimpiadaning 4 ta medali sohibasi bor
Jahon chempionatidagi ishtirokini rasman tasdiqlagan davlatlar soni 85 taga etdi. Xalqaro dzyudo federaciyasi rasmiy saytida Toshkentga kelishi qayd etilgan dzyudochilar soni esa 566 (307 erkak, 259 ayol) nafarni tashkil etyapti.
Ular orasida Kuba terma jamoasi ham bor. "Ozodlik oroli" vakillari hozircha 12 nafar (7 erkak, 5 ayol) dzyudochini ro'yxatdan o'tkazishgan. Tarkibda Olimpiya o'yinlarining 1 ta oltin (London-2012), 2 ta kumush (Rio-2016 va Tokio-2020), 1 ta bronza (Pekin-2008) medali sovrindori Idalis Ortiz ham bor. 32 yoshli dzyudochi +78 kg vazn toifasida Kuba sharafini himoya qilib kelyapti.
Kuba terma jamoasi tarkibi
Erkaklar: Danni Porte (-60 kg), Kimi Blanko Bravo, Orlando Polanso (ikkisi ham -66 kg), Magdiel Estrada (-73 kg), Ivan Felipe Morales (-90 kg), Endi Granda, Omar Leon Kruz (ikkisi ham +100 kg).
Ayollar: Melissa Munos Xurtado (-52 kg), Arnaes Garsiya Odelin (-57 kg), Maylin Del Toro Karvaxal (-63 kg), Kaliema Antomarchi (-78 kg), Idalis Ortiz (+78 kg).
Fikrlar