So’nggi yangiliklar

21:57Двалишвили Нурмагомедовга "ответ" қилди: "Сизлар майда одамсизлар" 0 21:29"Милан" 4 футболчисини трансферга қўяди 0 20:55"Туран жангчиси" UFC`дан четлатилди 0 20:22Ислам Махачевга Конорга қарши бокс жанги таклиф қилинди 0 19:58Кудерметова Cincinnati Open саралаши финалига йўл олди 0 19:33Маркиньос ПСЖ билан 40-совринини қўлга киритди 0 19:00Тошкент мезбонлик қиладиган World Boxing Жаҳон кубоги финал турнирининг саналари ўзгарди 0 18:08Астана Челленжери. Сергей Фомин ҳам ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 17:30Қозоғистон президенти Шавкат Раҳмоновнинг отаси вафотига муносабат билдирди 0 16:46“Барселона” вингери операция қилинди 0 16:04ИНТЕРВЬЮ. UFC собиқ жангчиси Маҳмуд Мурадов билан суҳбат 0 15:28Цветков ва Ростовцев Будапештдаги турнирда 3 та медални қўлга киритишди 0 14:50Бунақаси биринчи марта: Дана Уайтнинг ёрдамчиси Dana White’s Contender Series турнирида жанг қилиб, UFC шартномасини қўлга киритиш имкониятига эга бўлади 0 14:09Ўзбекистон МТЖ Басрадаги мусобақада иштирок этиши мумкин 0 13:36"Царукян UFC чемпионлик жангига лойиқ" - собиқ чемпион 0

15 fev 15:55
Yangiliklar

Gimnastika

Trampolinchimiz Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladi

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida gimnastikaning trampolinda sakrash yo'nalishi bo'yicha Jahon kubogi start oldi.

30 mamlakatdan 150 dan ortiq sportchi qatnashadigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakili Farangiz Ro'zieva ham ishtirok etadi. Takidlash joiz, ushbu turnir Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.

Musobaqa dasturiga ko'ra, har bir ishtirokchi ikki erkin dastur bo'yicha murakkab elementlardan tashkil topgan chiqishlarini namoyish qiladilar. Bu borada Farangiz Ro'zieva Anna Kasparyan qo'l ostida musobaqaga puxta tayyorgarlik olib bordi. Bokuda 2 kun davom etadigan musobaqaning birinchi kunida saralash bahslari o'tkazilsa, ikkinchi kuni final bellashuvlari bo'lib o'tadi.

Sportchimiz haqida: Farangiz Ro'zieva 1999 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti 2-bosqich talabasi. O'zbekiston chempioni, qator xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori, 2018 yil Indoneziyada o'tkazilgan Osiyo o'yinlari ishtirokchisi.

Xurshida ABDIKULOVA O'zJOKU talabasi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing