So’nggi yangiliklar

15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0 06:56Каннаваронинг Колумбияга қарши жангчилари: Диасга қарши 18 ёшли Каримов ва марказдаги универсаллик 0 06:31Топуриянинг техник нокаутдан кейинги айтган илк сўзлари маълум бўлди 0 00:49РАСМАН. UFC Ислам Махачевнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзилини эълон қилди! 0 19:03Жаҳон кубоги. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик рақибини мусобақадан чиқариб юбориб, кейинги босқичга йўл олди 0 18:16Шавкат Мирзиёев эртанги ўйинни уйда, оила даврасида, набиралари билан томоша қилади 0 17:39Пара енгил атлетикачиларимиз Тунис Гран-присидаги иштирокини бошлашди 0

27 sen 15:30
Yangiliklar

Boks/MMA

Turdosh sport turlari musobaqasi qizg'in pallada: Navbat boks bo'yicha bellashuvlarga!

Ayni paytda o'zbek sporti uchun oldinda turgan eng muhim va masuliyatli musobaqa 2020 yili Tokio shahri mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlari hisoblanadi.

Bugungi kunda sport rivoji yo'lida yangi g'oyalar, loyihalar ishlab chiqilmoqda. Sportchilarimizning nufuzli musobaqalarga munosib tayyorlanishi, turnirlar tashkil qilish va albatta selekciyaga alohida etibor qaratilmoqda. Milliy olimpiya qo'mitasi sportni ommalashtirish, aholining turli qatlamlari orasida yangi iqtidorlarni kashf etish, ular ichidan terma jamoa uchun munosib nomzodlarni etishtirib berish yo'lida keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda.

CHempionni tarbiyalash – oson bo'lmagan vazifalardan biri hisoblanadi. Avvaliga uni payqay olish lozim. Keyin esa uni munosib tayyorlash, muntazam ravishda birga ishlash kerak bo'ladi. Nafaqat jismoniy, balki ruhiy tayyorgarlik bo'yicha ham alohida mehnat talab qilinadi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, Milliy olimpiya qo'mitasi bu yo'lda yangi musobaqaga asos solgan. Turdosh sport turlari turnirida taekvondo WTF, boks, karate WKF hamda dzyudo bo'yicha bellashuvlar tashkil qilinmoqda. SHu kungacha taekvondo WTF bo'yicha saralash turniri nihoyasiga etdi. Unda ushbu sport turining noolimpiya yo'nalishlarida faoliyat olib borayotgan sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqada o'zini ko'rsatgan yoshlar olimpiya yo'nalishi hisoblangan WTFga yo'naltiriladi va shu orqali ular Olimpiya o'yinlarida ishtirok etib, nufuzli musobaqada yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Asosiy maqsad ham aslida shu.

Reja bo'yicha oldinda boks, karate WKF hamda dzyudo bo'yicha musobaqalar bizni kutib turibdi. Ertaga, 28 sentyabr kuni boks bo'yicha bellashuvlar start oladi. Bahslar qizg'in o'tishi kutilmoqda. Kikboksing, havaskor va professional muaytay, qo'l jangi, ushu-sanda kabi sport turlari bilan shug'ullanayotgan yoshlar bu safar o'zlarini boksda sinab ko'rishadi. Poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida o'tkaziladigan musobaqalarda yangi nomlar kashf etilishi kutilmoqda. Murabbiylar tomonidan saralab olingan sportchilar esa keyinchalik boks bilan shug'ullanadilar. SHu o'rinda yana bir marotaba Hasanboy Do'smatovni misol qilib keltirib o'tmasak bo'lmaydi. Rio Olimpiadasi chempioni ham o'z vaqtida kikboksing bilan shug'ullangan. To'g'ri olib borilgan selekciya siyosati o'laroq, O'zbekiston Olimpiya o'yinlari chempioniga ega bo'ldi.

Boks:

Qaysi sport turlaridan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda: Kikboksing, havaskor va professional muaytay, qo'l jangi, ushu-sanda.

Musobaqaning boshlanish kuni: 28 sentyabr


Karate WKF:

Qaysi sport turlaridan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda: Milliy karate, ananaviy karate, shotakan, fudokan.

Musobaqaning boshlanish kuni: 3 oktyabr


Dzyudo:

Qaysi sport turlaridan sportchilar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda: Milliy kurash, belbog'li kurash, jiu-jitsu, sambo.

Musobaqaning boshlanish kuni: 6 oktyabr.


Turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan 5 million so'm miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlanadilar. Ikkinchi o'rin egalari 1 million, uchinchi o'rin sohiblari esa 500 ming so'm miqdoridagi mukofot pullari bilan taqdirlanadilar.

Keskin va murosasiz bahslar guvohiga aylanish uchun Taekvondo WTF associaciyasiga qarashli «Universal» sport saroyiga tashrif buyuring. Kirish bepul.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing