21 sen 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA

"U 10 raundda yutgandi". Golovkinning sobiq murabbiyi Kanelo bilan jang natijasi haqida gapirdi
Gennadiy Golovkinning sobiq murabbiyi Abel Sanches bokschining Saul Alvaresga qarshi jangi haqida gapirdi.
"Kanelo 10 ta raundda g'alaba qozondi. Balki 9 tasidadir. Hisob 118:110 yoki 117:111 ko'rinishida Kanelo foydasiga bo'lishi kerak edi.
Gennadiy muxlislar va hakamlar ko'rishga o'rganib qolgan bokschi emas edi. Ular qozog'istonlik bokschi tanasidagi Floyd Meyvezerni ko'rishga o'rganishmagan. Ular jangchini ko'rishga o'rganishgan. Ha so'nggi raundlarda Gennadiy bosim qildi. Ammo Kaneloga so'nggi raundlar kerak emasdi. U uchun g'alaba naqd bo'lib ulgurgandi", - dedi Sanches.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar