16 iyu 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA
U 19 yosh toifasidagi bokschi yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi
Indoneziyaning Jakarta shahrida davom etayotgan U19 va U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionatining yigitlar o'rtasidagi final janglari davom etmoqda.
Biroz avval U19 yosh toifasi yigitlar o'rtasidagi final janglari yakunlandi.
Quvonarlisi, bu yoshdagi terma jamoamiz 7 ta oltin, 1 kumush va 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Ikkinchi o'rinni Qozog'iston va kuchli uchlikdan Janubiy Koreya terma jamoasi o'rin egalladi.
Sovrindorlarimiz ro'yxati:
Oltin medal:
-50 kg: O'tkirbek Norqosimov
-55 kg: Elyor Rustamov
-60 kg: Muhammadrizo Ukimov
-75 kg: Suhrob Rahmatullaev
-80 kg: Abror SHaripov
-85 kg: Sardor Bahromxo'jaev
-90 kg: Asadbek Sultanboev
Kumush medal:
+90 kg: Islom Salixov
Bronza medal:
-70 kg: Saidxo'ja Sadillaxo'jaev
Havola :
Manba : Boxing Uzbekistan
Fikrlar