22 apr 09:25
Yangiliklar
Futbol
U-20 JCH taqvimi elon qilindi, O'zbekiston ochilish o'yinida mezbon Argentina bilan o'ynaydi (to'liq taqvim)
20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatining taqvimi elon qilindi.
Kecha o'tkazilgan qura tashlash marosimi yakuniga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi guruhda mezbon Argentina, Yangi Zelandiya va Gvatemala bilan o'ynashi malum bo'lgandi.
O'zbekiston terma jamoasi JCHdagi ilk o'yinini 20 may kuni (bizning vaqt bilan 20 maydan 21 mayga o'tar kechasi) ochilish uchrashuvida mezbon Argentina vakillariga qarshi o'tkazishadi. 2-tur o'yini 23 may kuni Yangi Zelandiyaga qarshi, 3-tur uchrashuvi esa 26 may kuni Gvatemalaga qarshi o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, U-20 jahon chempionati 20 maydan 11 iyunga qadar Argentinada o'tkaziladi.
To'liq taqvim bilan tanishing:
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar