19 apr 13:02
Yangiliklar
"U bilan Osiyo o'yinlarida uchrashamiz". Qozog'istonlik bokschi Abdumalik Xalokov haqida gapirdi
"2022 yili Bolgariyada o'tgan "Strandja kubogi"da unga uchinchi jangimda yutqazgandim. Oradan roppa-rosa bir yil o'tib, xuddi shu turnirda yana to'qnash keldik. Qozog'iston terma jamoasidan chorak finalga uch nafar bokschi chiqqan edik — g'alaba qozonish kerak edi, ayniqsa chorak final medal beruvchi jang hisoblanadi. Ringga chiqdim, ikkinchi bor yutqazish uyat edi. Birinchi jangdan keyin uning taktikasini bildim, janglarini o'rgandim — uni his qildim, u esa, nazarimda, menga past baho bergan. Osiyo chempionati oldidan u biz bilan yig'inda bo'ldi, juftlikda ishladik — axir u Osiyo o'yinlaridagi raqibim. U Osiyo chempionatiga kelmadi, ammo Osiyo o'yinlarida biz albatta uchrashamiz", — dedi bokschi.
Malumot uchun, Asilkulov bir necha kun oldin Abdumalik Xalokov qatnashmagan Osiyo chempionatida oltitn medalga ega chiqdi.
Ular ringda ikki marotaba to'qnash kelishgan. Birinchi jang 2022 yili "Strandja" xalqaro turnirida bo'lgan va unda Xalokov g'alabaga erishgan. Kelasi yili esa xuddi shu turnir chorak finalida o'tkazilgan jangda Asilkulov g'alaba qozongan.

Fikrlar