30 sen 15:09
Yangiliklar
Boks/MMA

"U buni yashirishga urinib ko'rdi". Ankalaev Pereyra birinchi jangda qo'rqqanini aytdi
UFC chempioni Magomed Ankalaevning fikricha, braziliyalik Aleks Pereyra birinchi jangda undan qo'rqqan.
Ushbu jang 9 mart kuni Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSH) bo'lib o'tgan va Magomed hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi.
"Aleks qo'rqqan edi. U buni yashirishga urinib ko'rdi, ammo ko'zlari uni fosh qildi. Rostini aytsam, men hech qachon Pereyra bilan bo'lgan jangdagidek xotirjam bo'lmaganman. Uni kuzatdim, tezligini baholadim, sinovdan o'tkazdim. Unga yaqinlashish imkoniyatini ham bermadim, orqasidan quvib yurdim. Ikkinchi raundda uni yaxshi ushlab oldim, ammo u qutulib qoldi", — dedi Ankalaev UFC matbuot xizmatiga.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar