30 sen 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

"U endi qoyil qoldira olmaydi, qarib qoldi". Murabbiy Pereyra haqida fikr bildirdi
UFC chempioni Magomed Ankalaevning murabbiyi Suxrab Magomedov revansh oldidan sobiq chempion Aleks Pereyraning mahoratini past baholadi.
Revansh 5 oktyabr kuni Las-Vegasda (Nevada shtati, AQSH) bo'lib o'tadi.
"Aleks hech narsa bilan bizni qoyil qoldira olmaydi. Na tik holatdagi jangda, na kurashda. Uning texnikasi ham standart, zarbalari ham standart. U qariya kikboksyor. Uning tezligi yo'q. Haqiqatan ham, Aleksida zarba bor, lekin u bizni chinakam nokaut qiladigan darajada emas. Hammaga aytaman: agar Magomed o'zini ko'rsata olsa, hali hammani ajablantiradi. Hatto eng kuchli zarbachini ham "stoyka"da yutishi mumkin", — dedi Magomedov UFC matbuot xizmatiga.
Havola :
Manba : MMA Frenzy
Fikrlar