01 avg 12:43
Yangiliklar
"U menga yolg'on gapirgandi". Sen-Per Dana Uaytning Xabib bilan jang tashkil etish borasida unga yolg'on gapirganini esladi
"Bir paytlar, Xabib hali faoliyatini yakunlamagan vaqtda muzokaralar olib borilgan va Xabibning jamoasi u men bilan jang qilishdan manfaatdor emasligini malum qilgandi. Biroq Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan so'ng, Dana menga yozib, Xabib bilan jang qilishga qiziqishim bor-yo'qligini so'radi. Bu g'alati edi, chunki men uning onasiga boshqa jang qilmaslikka vada berganidan xabardor edim. SHuning uchun men undan: "Xabib rozi bo'ldimi?" deb so'radim. Unga javoban ijobiy javob oldim. Keyin esa Ali Abdel-Azizga qo'ng'iroq qilib: "Bu rostmi?" deb so'radim. U esa yo'q, deb javob berdi. O'shanda men Dana Uayt menga yolg'on gapirganini tushundim", — deya Sen-Perning so'zlarini keltirib o'tadi Title Fight akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.

Fikrlar