So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

22 dek 08:05
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"U onasiga hech qanday vada bermagan". Zabit Xabib emas, u UFC'ga tugallanmagan ishini yakunlash uchun qaytmoqda

Uch yildan ortiq vaqt oldin Zabit Magomedsharipov UFC'dagi so'nggi jangini o'tkazgandi.

Dog'iston vakilining UFC'dagi faoliyati ajoyib tarzda o'tdi. U yarim engil vaznning eng zo'rlaridan biri edi. Yana bitta jangdan so'ng Zabit kamar uchun oktagonga ko'tarilishi lozim edi, biroq ketma-ket ikkita jangdan bosh tortdi va u UFC radaridan yo'qolib qoldi. UFC uzoq vaqt davomida yulduzini reytingda ushlab turdi, biroq sabrning ham oxiri bor edi - UFC Zabitni reytingdan chetlatdi. Rossiyalik esa yozda umuman faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Ammo kuni kecha Zabit yana faoliyatini tiklayotganiga shama qildi.

Magomedsharipovning MMAdagi faoliyati yaxshi o'tdi deyish mumkin. UFC'ga o'tguniga qadar rekordi 12-1 edi. Zabit UFC'da 6 ta jangda ishtirok etdi va barchasida g'alaba qozondi. U boshqa dog'istonliklardan farqli ravishda jangda to'liq turib harakat qilishni ham bilardi. U hech qachon boksdan qochmagan. Uning janglaridan barcha "kayf" qilardi. Biroq kutilmaganda, hech qanday sababsiz Zabit faoliyatini yakunladi.

Endi Zabit qaytmoqda. Qaytishini birinchilardan bo'lib Xabib Nurmagomedov malum qildi.

"Biz u bilan tez-tez gaplashib turamiz. Oramizda yaxshi munosabat bor. U qaytadimi-yo'q, buni bilmadim. Lekin u menga o'xshab hech kimga vada bermagan. Agar unga yaxshi taklif berishsa, u qaytishi mumkin", - deya fikr bildirgandi Xabib.

Bu fikrlardan so'ng Zabit ham "tilga kirdi". U ijtimoiy tarmoqda qaysidir hujjatga qo'l qo'yganini malum qildi. Agar u UFC'ga qaytishni reja qilgan bo'lsa, hozir ayni vaqti!

UFC'da oxirgi yillarda yarim engil vaznda hech qanday intriga yo'q. Aleks Volkanovski istagan raqibini istaganicha mag'lub etmoqda. Zabit uch yildan beri jang qilmagan bo'lsa ham, u vaznning istalgan jangchisidan xavfliroq. Zabitga bittada chempionlik jangi berilmasligi mumkin, lekin u qaytsa, yaqin ikki yoki uchta jangdan so'ng kamar uchun oktagonga ko'tariladi.

Zabit endi 31 yoshga kirdi. UFC uchun ham dog'istonlikni qaytishi ancha foydali. Ularga kuchli jangchilar kerak. Magomedsharipov ham ikkinchi harakatda chempionlik kamariga ega bo'lish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing