08 avg 09:49
Yangiliklar
Tennis, Tokio-2020
Uch karra Olimpiada chempionlari ilk bor mag'lub bo'lishdi
Opa-singil Vinus va Serena Uilyamslar juftlikdagi faoliyatlarida ilk bor Olimpiada bahslarida mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Ular Olimpiya o'yinlarining juftlik bahslari ilk davrasida chexiyalik tennischilar – Lyusi SHafarjova va Barbora Stricova juftligiga 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Bu Uilyamslar uchun Olimpiya o'yinlaridagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. Opa-singillar Sidney (2000), Pekin (2008) va London (2012) Olimpiadalarida oltin medalni qo'lga kiritishgan edi.
Tarixiy g'alabaga erishgan SHafarjova va Stricovaning ikkinchi davradagi raqibalari kanadalik tennischilar – Ejeni Bushar hamda Gabriela Dabrovskilar bo'lishadi.
Havola :
Fikrlar