So’nggi yangiliklar

16:262026 йилнинг энг абжир “шунқорлари” аниқланди 0 16:02Жанги бекор бўлган Нурмагомедовга янги рақиб берилди 0 15:38Сўнгги тўртта ЖЧ ғолибини тўғри топган EA Sports бу сафар ҳам башорат берди 0 15:14UFC`нинг янги рейтинглари сунъий интеллект томонидан шакллантирилади 0 14:47Нурмагомедовнинг Мартинесга қарши жанги бекор қилинди. Сабаби маълум! 0 14:23WBO рейтинги янгиланди, Жалоловнинг ўрнида ўзгариш борми? 0 13:49Фабио Каннаваро: "Ўзбекистонликларга айтадиган гапимиз шу..." 0 13:13FIDE Circuit 2026-2027: Абдусатторов етакчиликни сақлаб қолди, Синдаровчи? 0 12:25UFC Freedom 250 иштирокчиларининг якуний таркиби ва жанглар тартиби тасдиқланди 0 11:49Бекзод Абдураҳмонов дебют қиладиган, Чимаев, Царукян ва Фергюсон иштирок этадиган RAF 10 турнирининг тўлиқ карди маълум 0 11:16"Бенфика" Моуриньюнинг ўрнини ким эгаллашини эълон қилди 0 10:48Камал Гусейнов Mangu 3 турнири бонусига лойиқ кўрилди. Мукофот пули яхшигина! 0 10:23Almaty Cadet Asian Cup 2026. Ўсмирларимиз илк кунги беллашувларда 12 та медаль қўлга киритишди 0 09:50UzChess Cup III. Воҳидов Мадаминовни тўхтатди. Абдусатторов ҳинд гроссмейстерини синовдан ўтказди 0 09:17Нега Африканинг энг яхши ҳаками АҚШга киритилмади? 0

31 iyu 00:50
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Futbol, Parij-2024

Uch nafar bokschimizda g'alaba, Prakaten yarim finalda va boshqa natijalar (4-kun)

Teglar :  Parij-2024
30 iyul kuni Parij Olimpiadasining to'rtinchi kun bahslari bo'lib o'tdi.

Unda o'zbekistonlik sportchilar quyidagi natijalarni qayd etishdi: 


Akademik eshkak eshish. Anna Prakaten chorak finalda startga chiqdi va marraga ikkinchi bo'lib etib kelib, yarim finalga yo'l oldi. 

Dzyudo (-81 kg). SHarofiddin Boltaboev - bronza uchun o'tish jangigacha etib bordi va yakunda tojikistonlik raqibga imkoniyatni boy berdi. 

Boks (-57 kg). Sitora Turdibekova Kongo vakilasi Marselat Sakobini 3:2 hisobida mag'lub etdi. 

Futbol. O'zbekiston - Dominikan Respublikasi 1:1

Boks. (-54 kg). Nigina O'ktamova - CHolmi Pang (KXDR) (1/8 final) - 0:5 hisobida yutqazdi

Boks. (-51 kg). Hasanboy Do'smatov - Xuanma Lopes de Xesus (Puerto-Riko) (1/8 final) - 5:0 hisobida g'alaba qozondi

Boks. (-80 kg). To'rabek Xabibullaev - Eumir Marsial (Filippin) (1/8 final) - 5:0 hisobida g'alaba qozondi




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH



00:22. -80 kg vaznli bokschimiz To'rabek Habibullaev filippinlik Eumir Marsyalga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g'alaba qozondi! Yana bir chorak final!


23:30. Hasanboy Do'smatov Puerto-Riko vakili Xuanma Lopes de Xesusni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi!


23:00. Boksda kechki dastur bahslari boshlandi. Birozdan so'ng Hasanboy Do'smatov ringga ko'tariladi. 


20:12. -54 kg vaznli bokschimiz Nigina O'ktamova 1/8 finalda KXDR vakilasi CHolmi Pangga qarshi jang qildi va afsuski 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Niginaning bugungi raqibasi Jahon chempioni va Osiyo o'yinlari g'olibasi hisoblanardi...


19:23. Futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishdi. Alisher Odilov Dominikan Respublikasi darvozasini ishg'ol qildi - 1:1.


19:16. SHarofiddin Boltaboev soniyalar ichida tojikistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Sportchimiz medalsiz qoldi...


19:12. Bu orada futbolchilarimiz penaltidan gol o'tkazib yuborishdi. 51-daqiqaga kelib Dominikan Respublikasiga 0:1 hisobida yutqazyapmiz. 


19:10. SHarofiddin Boltaboevning bronza uchun o'tish jangi boshlanishiga oz qolmoqda.


17:10. Endi SHarofiddin bronza medali uchun o'tish bosqichida tojikistonlik Somon Mahmadbekovga qarshi tatamiga chiqadi. Mazkur bellashuv 19:00 dan so'ng boshlanadi. Boltaboev ushbu bahsda g'alaba qozonsa, yarim finalda mag'lub bo'lgan sportchilardan biriga qarshi kurashadi.  


17:06. SHarofiddin Boltaboev chorak finalda koreyalik raqibga yutqazdi. Endi u bronza uchun o'tish jangida kurashadi. 


16:45. Futbol terma jamoamizning Dominikan Respublikasiga qarshi tarkibi aniq bo'ldi.


16:32. -57 kg vaznli bokschi qizimiz Sitora Turdibekova ilk jangini Kongo vakilasiga qarshi o'tkazdi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi! SHu tariqa, u 1/8 final yo'llanmasiga ega chiqdi!


16:18. SHarofiddin Boltaboev franciyalik raqibini mag'lub etdi va chorak finalga yo'l oldi! Navbatdagi raqib - Janubiy Koreya vakili!


15:07. SHarofiddin Boltaboev chorak final yo'llanmasi uchun mezbonlar vakili Jalo Alfa Omarga qarshi tatamiga chiqadigan bo'ldi. 


14:30. Dzyudo bahslari davom etmoqda. -81 kg vaznli hamyurtimiz SHarofiddin Boltaboev ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlashi lozim edi. Lekin uning iroqlik raqibi Sajjad Sehinning musobaqada ishtirok etmasligi malum bo'lgan. SHu sababli Boltaboev biryo'la uchinchi davradan ishtirokini boshlaydi. U taxminan 16:00dan so'ng Ozarbayjon yoki Franciya vakiliga qarshi bahs olib boradi.


13:08. Akademik eshkak eshuvchimiz Anna Prakaten chorak finalda o'z guruhida ikkinchi natijani (7:35.91) ko'rsatdi va yarim finalga yo'l oldi. Yarim final 1 avgust kuni o'tkaziladi. 


12:45. Akademik eshkak eshish bahslari boshlandi. Birozdan so'ng Anna Prakaten ham startga chiqadi.  




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing