18 iyu 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Uchta kamar uchun kechadigan jang ishtirokchilari taroziga chiqishdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nyu-York shahrida navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan oqshomning markaziy jangi yarimog'ir vazn (79,4 kg) toifasida rossiyalik Artur Beterbiev (17-0, 17 KO) hamda amerikalik Jo Smit (28-3, 22 KO) o'rtasida o'tkaziladi. Ertangi jang oldidan ishtirokchilar rasmiy tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi.
Ayni paytda Beterbiev WBC va IBF, kichik Smit esa WBO chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi. Artur tarozida 79,4 kg, Jo esa 79,2 kg tosh bosdi. O'n ikki raundlik chempionlik jangi g'olibi yarimog'ir vazndagi WBC, IBF va WBO kamarlarini o'z qo'lida birlashtiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar