23 okt 09:49
Yangiliklar
Tennis
Uchta matchboldan chiqib ketgan Sinyakova Nanchanda chempion bo'ldi
Xitoyning Nanchan shahrida tennis bo'yicha WTA turniri yakuniga etdi.
WTA reytingida 60-pog'onada borgan Katerjina Sinyakova musobaqa g'olibiga aylandi. CHexiyalik tennis malikasi 3 soatu 33 daqiqa davom etgan dramatik finalda vatandoshi, dunyoning 29-raketkasi Mari Buzkovani 1/6, 7/6(5), 7/6(4) hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Etiborlisi, Sinyakova uchta matchboldan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan. Hamyurtlarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Katerjinaning qo'li baland keldi - 2:0. Sinyakova mavsumdagi ikkinchi, faoliyatidagi beshinchi sovrinni qo'lga kiritdi. U 280 reyting ochkosi hamda 34,228 dollarga ham ega chiqdi. Buzkova 180 ochko va 20,226 dollarlik bo'ldi.
Havola :
Fikrlar