03 jan 17:18
Yangiliklar
Engil atletika
Uchta Olimpiada ishtirokchisi avtomobildan o'lik holda topildi
Ugandalik engil atletikachi, yuguruvchi Benjamin Kiplagat Keniyada o'lik holda topildi.
30 dekabrdan 31 dekabrga o'tar kechasi bahtsiz hodisa haqida policiyaga xabar berilgan.
Avtomobilning haydovchi o'tiradigan joyida Kiplagat tanasiga bir necha marotaba pichoq urilgan holda topilgan. Avtomobil motocikl bilan to'qnashib ketgani uchun to'xtagan. Taxmin qilinishicha, motocikl atayin yo'lni to'sib qo'ygan.
Kiplagat 34 yoshda edi. U Uganda terma jamoasi tarkibida 3000 metrga yugurish bahslarida qatnashgan. U uchta Olimpiada (2008, 2012, 2016) ishtirokchisi. SHuningdek 6 marotaba JCHda qatnashgan.
Havola :
Manba : Daily Monitor
Fikrlar