03 sen 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 253. Intiqlik ila kutilayotgan turnir manzili malum
O'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Israel Adesanya hamda davogar Paulo Kosta o'rtasidagi jangning qaerda o'tkazilishi malum bo'ldi.
UFC 253 turniriga Abu-Dabining "Janglar oroli" mezbonlik qiladi. UFC turniri 26 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli UFC chempioni faoliyati davomida 19 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Israelning raqibi Paulo ham faoliyati davomida hali biror marta mag'lub bo'lmagan. Uning rekordi 13-0.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar