25 jan 07:20
Yangiliklar

UFC 257. Konor, Dastin va Mahmud qancha ishlab oldi? (to'liq ro'yxat)
Kecha ishtirokchilari janglari uchun qancha ishlab olishgani malum bo'ldi. Unga ko'ra, markaziy jang ishtirokchisi Konor Makgregor mag'lubiyatiga qaramasdan, 3 million dollardan ko'proq pul ishlab olishga erishgan. Uning raqibi esa 830 ming dollarga boyidi. Bu summa hali bir necha barobarga oshishi aniq. CHunki bu erga translaciya va chiptalardan tushadigan pullar kiritilmagan.
SHunindek, kecha hamyurtimiz Mahmud Muradov ham jang o'tkazib, g'alabani tantana qildi. Kechagi g'alaba orqali u 81,5 ming dollarga ega bo'ldi. Mahmud jangi uchun 14 ming, g'alabasi uchun yana 14 ming dollarga ega bo'ldi. Bundan tashqari hamkorlardan 3,5 ming dollar va "kechaning eng yaxshi chiqishi" deb elon qilinganiga 50 ming dollar qo'shimcha gonorar oldi.
Fikrlar