30 okt 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 267 turniri doirasidagi bitta jang bekor qilindi
Xabaringiz bor, bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning prelium qismidagi janglardan biri bekor qilindi. Bunga qozog'istonlik UFC jangchisining vazn o'lchash marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmagani sabab bo'ldi. Damir Ismagulov (23-1)) 74,1 kg (belgilangan vazn toifasi 70,7 kg) tosh bosgan. Buning natijasida uning rossiyalik Magomed Mustafoev (14-3) bilan jangi bekor bo'ldi.
Kecha Ismagulov tarozida xolsizlikdan arang muvozanatini saqlab turgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar