07 noy 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 268 turnirining bonus sohiblari malum
Biroz avval AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida UFC 268 turniri yakunlandi.
Tashkilotchilar kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollardan bonus, yani mukofot pullari kimlarga nasib etganini oshokor qilishdi. Oqshomning eng yaxshi jangi sifatida amerikaliklar Jastin Getji va Maykl CHendler o'rtasidagi to'qnashuv tan olindi. Jangda Jastin ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Har ikki jangchi 50 ming dollardan bonusga ega bo'lishdi.
SHuningdek, chiroyli ishtirok va g'alaba uchun Aleks Pereyra, Marlon Vera, Bobbi Grin va Kris Barnett ham bonusga loyiq ko'rilgan. Kechaning markaziy jangida chempion Kamaru Usman davogar Kolbi Kovingtonni 48:47, 48:47, 49:46 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar