07 noy 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 268. Uzoq kutilgan Jastin Getji - Maykl CHendler jangi to'liq davom etdi
Ayni daqiqalarda AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida uzoq kutilgan UFC 268 turniri bo'lib o'tmoqda.
Biroz avval asosiy kardni boshlab bergan qonli jang o'z yakuniga etdi. Unda engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Jastin Getji sobiq Bellator chempioni Maykl CHendlerga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va yakunda Getji hakamlarning qaroriga ko'ra g'alaba qozondi. Ikkinchi raundda CHendler kuchli apperkot zarbasini o'tkazib yuborganiga qaramay, oyoqda tura oldi.
Bu Getji uchun MMAdagi 23-g'alaba bo'ldi. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor. CHendler esa bugun ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 22 taligicha qoldi.
Havola :
Fikrlar