11 noy 13:18
Yangiliklar

UFC 269. CHimaev Edvardga qarshi jangda Masvidalning o'rnini egallashga tayyor
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan va MMA muxlislari kutayotgan Xorxe Masvidal - Leon Edvards jangi bekor bo'lgan edi. Bunga amerikalik 36 yoshli Masvidalning mashg'ulotda orttirib olgan jarohati sabab bo'lgandi.
Asli chechenistonlik, hozirda SHveciya sharafini himoya qilayotgan 27 yoshli Xamzat CHimaev Masvidalning o'rniga o'z nomzodini ilgari surdi.
"Leon, kel buni amalga oshiramiz", — deya o'zining "Tvitter" sahifasida britaniyalik 30 yoshli Edvardsga murojaat qilgan CHimaev.
Malumot uchun, shu kungacha CHimaev - Edvards jangi uch marotaba bekor bo'lgandi. Avvaliga jang 2020 yilning 19 dekabr kuni o'tkazilishi kerak edi. Lekin Leonning koronavirusga chalinishi sabab jang bekor qilindi va shu yilning 20 yanvariga ko'chirildi. Keyin esa CHimaevda koronavirus aniqlandi. SHundan so'ng Xamzat kasallik asoratida yana jangda ishtirok eta olmadi.
Fikrlar