31 iyu 09:46
Yangiliklar
UFC 277 turnirining revansh maqomidagi markaziy jangi to'liq davom etdi + FOTO
Oqshomning markaziy jangida vazn chempionlari - braziliyalik Amanda Nunes hamda amerikalik Julianna Penya o'zaro to'qnash kelishdi. Bu Amanda uchun revansh maqomidagi jang bo'lib, o'tgan yili Penya nomdor raqibasini ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Revansh jangi to'liq besh raund davom etdi. Butun jang davomida sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Nunes hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi (50-44; 50-44; 50-43) va chempionlik kamarini qaytarib oldi.
Eslatib o'tamiz, Penya bugun faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 15 taligicha qoldi. Nunes esa bugun 27-jangini o'tkazdi va 22-g'alabasini tantana qildi. Hisobidagi mag'lubiyatlari soni 5 taligicha qoldi.
Fikrlar