16 iyu 07:07
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC 278 turniridan o'rin olishi kutilayotgan yana bir jang aytildi
Xabar berganimizdek, 20 avgust kuni AQSHda UFC'ning navbatdagi raqamli turniri bo'lib o'tadi.
Jurnalist Ariel Xelvanining xabar berishicha, eng engil vazn reytingida 3-o'rinni egallab turgan Joze Aldo beshinchi raqamli Merab Dvalishviliga qarshi jang qiladi.
Ushbu raqamli oqshomning Yuta shtati, Solt-Leyk-Siti shaharchasidagi "Vivint Arena" sport saroyida o'tkazilishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Aldo so'nggi jangini Rob Fontga qarshi o'tkazib, ochkolar evaziga g'alaba qozongan edi. Dvalishvili esa so'nggi bor Marlon Moraesga qarshi oktagonga chiqib, raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Avvalroq, Kamaru Usman — Leon Edvards jangining ham aynan UFC 278 turniri doirasida o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar