10 sen 07:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/234897_220.jpg)
UFC 279 turnirining asosiy kardi o'zgarib ketdi + yangi POSTER
Jahonning eng kuchli aralash yakkakurash tashkiloti rahbari oqshomning asosiy jangi bekor bo'lish arafasida uni boshqa usul bilan saqlab qoldi. Neyt Diazga qarshi jangi oldidan belgilangan vazn meyorini har ikki urinishda ham bajara olmagan Xamzat CHimaevga kardning boshqa bir juftligidagi raqib berildi.
Diaz deyarli 4 kg (3.8 kg) ortiqcha vazn qayd etgan CHimaev bilan jang qilishni istamadi. Qoidaga ko'ra, bu holatda jang bekor qilinishi, raqib gonorarining malum qismi kompensaciya tarzida Diazga berilishi kerak edi.
Dana Uayt esa masalaning echimini topdi. Yani, u juftliklarni almashtirib qo'ydi: Xamzat CHimaev – Kevin Xolland va Neyt Diaz – Toni Fergyusson. Endi oqshomning markaziy jangi maqomi Neyt Diaz va Toni Fergyuson o'rtasidagi qarama-qarshilikda bo'ladi. Ikkala jang ham besh raund etib belgilandi.
Darvoqe, Toni Fergyusonning raqibi Li Jigliang esa endi Daniel Rodrigesga qarshi oktagonga chiqadigan bo'ldi.
Fikrlar