25 avg 17:14
Yangiliklar
UFC 280'dan o'rin olgan yana bir jang malum bo'ldi + POSTER
Rossiyalik MMA ustasi, engil vaznli Magomed Mustafaev ham ushbu turnir doirasida jang qilishi oydinlashdi. Mustafaevga avstraliyalik Jeymi Mallarki raqiblik qiladi. Jeymi UFC'da olti jang o'tkazib, uch bor g'alaba qozongan va uch bor mag'lubiyat alamini totgan. Mustafaevning UFC'dagi statistikasi esa quyidagicha: 3-2.
Malumot o'rnida, ushbu turnir doirasida hamyurtimiz Mahmud Muradov braziliyalik Kayo Barraloga qarshi jang qiladi.
Ushbu turnirdan o'rin olgan boshqa janglar:
CHarlz Oliveyra - Islam Maxachev;
Aljemeyn Sterling - Ti Jey Dillashou;
Petr Yan - SHon O'Melli;
Belal Muhammad - SHon Bredi;
Benil Dariush - Mateush Gamrot;
Marina Rodriges - Amanda Lemos;
Volkan Ozdemir - Nikita Krilov;
Mahmud Muradov - Kayo Barralo;
Muhammad Mokaev - Malkolm Gordon;
Ketlin CHukagyan - Manon Fioro;
Zubayra Tuxugov - Lukas Almeyda;
Abubakar Nurmagomedov - Gadji Omargadjiev;
Armen Petrosyan - Ey Jey Dobson.
Fikrlar