21 okt 14:25
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC 284 turnirining ilk jangi rasman tasdiqlandi + POSTER
2023 yilning 11 fevral kuni Avstraliyada UFC promoushenining navbatdagi raqamlangan turniri bo'lib o'tadi.
Tashkilot matbuot xizmati tomonidan ushbu UFC 284 turnirining ilk jangi rasman elon qilindi. O'rta vazn (84 kg) toifasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittaker braziliyalik Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, Uittaker shu yilning sentyabr oyida Parijda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 209 turnirida chempionlik kamari uchun sobiq davogar, italiyalik Marvin Vettorini mag'lub etgan edi. Kosta esa sobiq UFC chempioni, amerikalik Lyuk Rokxolddan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi.
Havola :
Fikrlar