So’nggi yangiliklar

13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0 19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0

14 dek 13:44
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC 296 turnirining asosiy kardini ochib beruvchi jang bekor qilindi

Yakshanba tongida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida 2023 yil hisobidan o'rin olgan so'nggi raqamlangan UFC turniri o'tkaziladi.

Etiborlisi, oqshomga uch kun qolgan bir paytda turnirning asosiy kardini ochib berishi kutilgan Visente Luke - Yena Machado Gerri jangi bekor qilindi. Bunga mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan irlandiyalik Yen Machado Gerrining betob bo'lib qolishi sabab bo'ldi. 

Bu xabarni shaxsan UFC prezidenti Dana Uayt ham tasdiqladi.

"Ha, Yen Gerri va Visente Luke jangi o'tkazilmasligi haqidagi xabarlarni eshitdim va bu ayni haqiqat", - dedi tashkilot rahbari. "Gerri tumov bo'lib qoldi va bu pnevmoniyaga aylanib ketdi. SHu boisdan bu jang bekor qilindi. Jang o'tkazilmaydi. 

O'z o'rnida irlandiyalik hozirgi holatida ham oktagonga chiqmoqchi bo'lganligi, lekin shifokorlar bunga ruxsat berishmaganini takidladi. 

"Men pnevmoniyaga chalindim, shifokorlar qo'ldan kelganicha yordam berishdi. Lekin UFC shifokorlari jang qilishim uchun bir foiz ham imkoniyatim yo'qligini aytishganidan keyin taslim bo'ldim", - dedi Yen.

Eslatib o'tamiz, UFC 296 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvards davogar Kolbi Kovingtonga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing