03 iyu 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC chempioni Israel Adesanya navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytdi
Asli kelib chiqishi nigeriyalik bo'lgan 32 yoshli Israel Adesanya bugun Las-Vegasda UFC chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Yangi Zelandiya sharafini himoya qilayotgan Israel o'zining keyingi raqibi sifatida braziliyalik 34 yoshli Aleks Pereyrani ko'rayotganini aytdi.
"Keyingisi - Pereyra! Buni yaxshi bilamiz. Bugun u qariya Striklendni osongina nokaut qildi. Avval ham aytganimdek, men unga konkini kiydirib qo'yaman, buning natijasida u Elza singari muzlab qoladi", — dedi Adesanya amerikalik Jared Kannonega qarshi kechgan UFC 276 turniri doirasidagi jangdan keyin.
Takidlash joiz, Pereyra ikki bor kikboksing jangida Adesanyani mag'lubiyatga uchratgan. Bitta jang hakamlari qarori, ikkinchisi nokaut bilan yakunlangan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar