14 iyu 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC chempioni o'z kamarini vakant qoldirdi
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi chempioni Jamal Xill jarohat sabab kamaridan voz kechishga qaror qildi.
Uning jarohati uzoq vaqt davomida oktagonga chiqishga yo'l qo'ymaydi.
"Bir necha oydan buyon Irji Proxazka bilan jangda kamarimni himoya qilishni kutayotganimni barcha biladi. Afsuski biroz kutishimiz kerak bo'ladi.
Men jarohat oldim va endi operaciya qildirishim kerak. Keyin tiklanishim lozim. Bunga ham vaqt ketadi.
O'z navbatida Irji Proxazka ham jarohat olgani sabab kamardan voz kechgandi, divizion bir joyda qotib qolmasligi uchun. Men ham shunday qilaman. Hozir eng asosiysi - sog'liqqa etibor qaratish", - dedi Xill.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar