13 avg 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC faxriysi faoliyatini yakunlaganini elon qildi
O'rta vazn toifasidagi UFC jangchisi, 38 yoshli Yurayya Xoll professional faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
"Men professional faoliyatimni katta qayg'u bilan yakunladim. Men uchun oiladek bo'lib qolgan UFC xodimlarini va murabbiylarni sog'inaman. Ko'p yillar davomida men dunyoning eng yaxshilari bilan yuqori darajada kurashdim. Garchi jahon chempioni unvoniga erishmagan bo'lsam-da, eng yaxshi yutuqlarni qo'lga kiritdim. Qo'rquvlarimni engib, haqiqiy chempionga aylandim. Muxlislarga rahmat aytmoqchiman, ular sportni bugungi kunga olib kelishdi", — deb yozadi Xoll ijtimoiy tarmoqlarda.
Yuray Xoll UFCʼdagi debyutini 2013 yilning 14 aprelida The Ultimate Fighterʼning 17-mavsum finalida amerikalik Kelvin Gastelumga qarshi o'tkazgan va mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar