23 sen 14:08
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45601_220.jpg)
UFC Fight Night 137. Oqshomning barcha natijalari
Braziliyada aralash qoidalar bo'yicha UFC Fight Night 137 shou kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida Tiago Santos va Erik Anders to'qnash kelishdi. SHiddatli kechgan jangning uchinchi raundi yakunlanib borayotgan bir pallada referi bahsni to'xtatdi. Santos bu vaqtga kelib sezilarli ustunlikka ega bo'lib ulgurgandi.
Yana bir jangda Aleks Oliveyra birinchi raundda Karlo Pedersolini nokautga uchratdi. Antonio Rojerio Nogeyra ikkinchi raundda Sem Alvini nokaut evaziga mag'lub etdi. UFC debyutanti Andre Yuell esa sobiq jahon chempioni Renana Baraoni ochkolar hisobiga ko'ra engdi.
CHarlz Oliveyra ikkinchi raunda og'rituvchi usul yordamida Kristos Giagosdan ustun keldi. So'nggi jangda Tales Leytesh ochkolar hisobiga ko'ra Gektor Lombard ustidan zafar quchdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar