So’nggi yangiliklar

16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0 15:00UWW 2027 йилги рейтинг турнирлари тақвимини эълон қилди 0 14:29Бруну Фернандеш Кэррик уни захирада қолдиргани ҳақида: "Бу тўғри қарор эди" 0 13:58UFC рейтинги янгиланди: Нолан Топ-10, Смит Топ-15`да 0 13:27Ҳасанбой Дўсматов IBA.Pro чемпионлик камари учун жанг қилади. Рақиб, сана ва манзил аниқ! 0 13:06Zuffa Boxing 13. Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматовнинг рақиблари маълум (Тўлиқ кард) 0 12:35Нойер Чемпионлар лигасидаги ўйинлар сони бўйича рекордчига айланди 0 12:04Богдан Гусков: "Мақсад - нокаут!" 0 11:33Ўзбек спортчиси Жон Жонс ва Илия Топурия билан бир жамоада: "Бардак" АҚШдаги менежерлик компанияси билан келишувга эришди 0 11:02Chennai Open. Кудерметова муваффақиятли старт олди 0 10:31ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўйнайди 0 09:45Уиттакер Гусковнинг зарба кучини юқори баҳолади 0 08:52Ирода Тўлаганова Республика олимпия захиралари теннис мактабига директор этиб тайинланди 0

19 noy 11:42
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 232 turnirining barcha natijalari bitta sahifada + FOTO

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

"UFC Apex" arenasida o'tgan UFC Fight Night 232 oqshomining asosiy jangi o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Unda reytingning 10-pog'onasida borayotgan amerikalik Brendan Allen o'zidan uch o'rin quyida joylashgan shotlandiyalik Pol Kreygni uchinchi raund yakunlanishiga 38 soniya qolgan bir paytda bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi. 

Ahamiyati jihatidan ikkinchi jangda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ekvadorlik yarim o'rta vazn toifasi vakili Maykl Morales avstraliyalik Jeyk Metyuzni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi. Bu uning UFC promoushenidagi to'rtinchi g'alabasi bo'ldi.

Biroz kutilmaganda rossiyalik o'rta vazn toifasi jangchisi Denis Tyulyulin britaniyalik Kristian Dankanga ikkinchi raundda texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi. Denis ushbu jangga oz fursat qolganida rozilik bergandi. 

Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan jangda qirg'izistonlik Miktibek Orolbay UFC promoushenida muvaffaqiyatli debyut qildi. Yarim o'rta vazn toifasi vakili bo'lgan Orolbay ikkinchi raundda amerikalik Urosh Medichni bo'g'ish usuli bilan taslim etdi.

SHuningdek, bugungi turnirda CHeyz Xuper, Peyton Talbott, Amanda Ribas, Joanderson Brito, Xose Jonson va Jeka Saragi o'z janglarini muddatidan avval qozonilgan g'alaba bilan yakunlashdi. 

Trey Ogden va Nikolas Motta o'rtasidagi jang hakamning xatosi tufayli o'tkazilmagan deb topildi. Referi Mayk Beltran uchburchak usuliga tushib qolgan braziliyalikning mag'lubiyatini ertaroq qayd etib, jangni to'xtatgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing