So’nggi yangiliklar

09:44"Жаҳон чемпиони бўлишимга саккиз кун қолди" — Гэрри Махачев билан жангигача бўлган кунларни санамоқда + ФОТО 0 09:23Илёс Зейтуллаев: "Бизга ажратилган 5 млрднинг 2,5 млрди дарҳол солиққа ушлаб қолинди, қолгани эса..." 0 08:57UFC Fight Night 284. Ўн нафар жангчи бонусга лойиқ кўрилди 0 08:33UFC Fight Night 284 турнирининг барча натижалари: 7 та финиш, қозоғистонлик жангчида иккинчи ғалаба 0 08:02Лас-Вегасдаги UFC турнирининг асосий жанги биринчи раунддаёқ якунланди + ФОТО 0 19:29АФА президенти Скалонининг терма жамоадаги келажаги ҳақида гапирди 0 18:56"Ростерни 100 фоиз йўқ қилади" — Топуриянинг менежери Абдель-Азизни кескин танқид қилди 0 18:18Ислам Махачев қайси стадионда жанг ўтказиш истагида эканини айтди 0 17:44Кормье Царукян ва Оливейра ўртасидаги жанг бекор қилинганини тасдиқлади 0 17:13"Атлетико" Серлотни 40 миллион еврога сотишга тайёр 0 16:37Карлос Пратес: "Кейинги жангда ўша лаънати камарини тортиб оламан" 0 16:03Дюбуа ва Уордли ўртасидаги иккинчи жанг санаси маълум бўлди 0 15:32Махачевнинг мураббийи: "Ислам Йен Гэррини партерга тушириши шарт эмас" 0 14:59"Ливерпуль" Баркола бўйича келишувга эришди 0 14:27Рой Жонс Усик иштирокидаги орзу қилинган жанг ҳақида гапирди 0

09 avg 08:33
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC Fight Night 284 turnirining barcha natijalari: 7 ta finish, qozog'istonlik jangchida ikkinchi g'alaba

Las-Vegas shahrida o'tkazilgan UFC Fight Night 284 turniri kardidan o'rin olgan 12 ta jangdan 7 tasi muddatidan avval yakuniga etdi.

Bu esa bonus sohiblari aynan shuncha bo'lganini ko'rsatmoqda. Avstraliyalik engil vaznli jangchi Kuillan Salkilld oqshomning asosiy voqeasida polshalik tajribali aralash yakkakurash ustasi Mateush Gamrotni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lub etib, dunyoning eng kuchli ligasidagi g'alabali yurishini davom ettirdi.

Birinchi raundning boshidayoq Salkilld raqibini chap qo'l zarbasi bilan muvozanatdan chiqardi, keyin esa deyarli to'rt daqiqa davomida parterda ustunlik qilib, 4:25 daqiqada bo'g'ish usuli evaziga raqibini taslim etdi. 

UFC`dagi beshinchi g'alabasini birinchi raunddayoq qo'lga kiritgan 26 yoshli avstraliyalik jangdan keyingi intervyusida divizionning kuchli beshligidagi vakillar bilan raqobatlashishga tayyor ekanligini malum qildi.

Turnirning ikkinchi asosiy jangida tashkilot faxriysi, braziliyalik 41 yoshli engil vazn toifasi vakili Diego Ferreyra amerikalik Billi Kuarantillo bilan kechgan shiddatli uch raundlik qarama-qarshilikda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.

Boshqa natijalar qatorida qozog'istonlik yarim og'ir vaznli Diyar Nurgojayning muvaffaqiyatli ishtirokini alohida takidlash joiz. U liga bayrog'i ostida ketma-ket ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritib, birinchi raund tugashiga bir soniya qolganida braziliyalik Bruno Lopesni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.

SHuningdek, Yadier Del Valle, Tay Miller, Joze Montanya, Mayls Jons va Juliana Miller ham bugungi turnirda raqiblari ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonishdi.


UFC Fight Night 284 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Kuillan Salkilld Mateush Gamrotni sabmishn (ortdan bo'g'ish) qildi – 1-raund, 4:25

Diego Ferreyra Billi Kuarantilloni hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (30-27, 30-27, 30-27)

Yadier Del Vale Darren Elkinsni texnik nokautga uchratdi (zarba) – 1-raund, 0:35

Aleksiya Tainara raqibasi Amanda Lemosdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28)

Tay Miller Billi Goffni texnik nokaut (zarbalar) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 3- raund, 0:15


Prelim kard janglari

Stiven Asplund Gilerme Patani ochkolar hisobi bilan mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)

Diyar Nurgojay Bruno Lopesni texnik nokaut evaziga engdi (zarbalar) – 1-raund, 4:59

Jose Montanya Lui Sazerlendni sabmishn qildi – 1-raund, 1:50

Manoel Souza Richi Mirandadan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Mayls Jons Janni Vaskesni texnik nokaut (zarbalar) hisobiga yutdi – 1-raund, 3:09

Juliana Miller raqibasi Ravena Oliveyra sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga mag'lubiyatga uchratdi – 2-raund, 1:38

Kerol Foro raqibasi Jiovanna Kanutoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi  (29-28, 29-28, 29-28)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing