14 noy 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC go'zali mag'lubiyatiga izoh berdi
Gruziyalik sportchi Liana Jojua UFC Vegas 42 turnirida Kortni Keysidan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
“Hafsalangizni pir qilganim uchun meni kechiring, bilmayman, negadir men jangni boshqacha his qildim, lekin aslida siz ko'rganingizdek bo'ldi. Men o'zimdan jangni o'z foydamga hal qila olmaganim uchun xafaman.
Tayyorgarlik paytida meni qo'llab-quvvatlagan va yonimda bo'lgan barchaga rahmat. Jangga uzoq va mashaqqatli tayyorgarlik ko'rildi, turli xil vaziyatlar bo'ldi, men oilamni bir necha oy davomida ko'rmadim, shuning uchun ularni sog'inganman, ko'p narsalarni qurbon qila turib yutqazganimdan afsusdaman. Ammo ish allaqachon o'tib ketdi.
Bu sinov va biz imtihondan o'tishingiz kerak, taslim bo'lmaymiz va davom etamiz", - deb yozdi Jojua Instagramda.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar