11 fev 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi Jumagulov Rahmonov va CHimaev o'rtasidagi jangga qarshi ekanini malum qildi
Yarimengil vazn toifasida UFC jangchisi Jalgas Jumagulov SHavkat Rahmonov va Xamzat CHimaev o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"To'g'risini aytsam, men ularning jang qilishini xohlamayman. Agar jang kamar uchun bo'lsa, ularning kurashini tomosha qilish qiziq bo'lardi. Aslini olganda, SHavkatning o'sishi uchun imkoniyat va jang qiladigan yigitlar bor. U top jangchilar bilan kurashishi kerak. Xamzat allaqachon kuchli jangchilar bilan jang qilgan. Uning raqiblari orasida birorta ham kuchsiz jangchi yo'q edi. U mag'lub qilgan jangchilar hozirda xuddi Gilbert Bernsdek g'alaba qozonmoqda. SHavkat ham hammani muddatidan oldin mag'lub etgan. Men xozir ularning jang qilishini xohlamagan bo'lardim", - dedi Jumagulov.
Eslatib o'tamiz, Rahmonov navbatdagi jangini 4 mart kuni Jeff Nilga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar