09 jan 11:26
Yangiliklar
Boks/MMA, Kikboksing
UFC jangchisi singillarini pichoqlab qo'ydi
UFS jangchisi Irvin Rivera qotillikka urinishda gumon qilinib hibsga olingan, deb xabar bermoqda MMA Fighting.
OAV xabarlariga ko'ra, jangchi singillarini pichoqlaganlikda gumon qilinib hibsga olingan. UFS veteraniga qarshi ayblovlar haqida boshqa tafsilotlar yo'q edi. 31 yoshli jangchi 7 yanvar kuni hisbga olingan. U mashhur menejer Ali Abdel-Azizning mijozi hisoblanadi.
Malumot uchun, Rivera UFC'da uchta jangda ishtirok etib, bittasida g'alaba qozongan. Ikkita jangda esa mag'lubiyatga uchragan.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar