22 okt 15:16
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC jangchisi tashkilotdan chetlatildi
Modestas Bukauskas jangda olgan og'ir jarohatidan bir hafta o'tib ligadan chetlatildi.
Bu haqda BJ Penn xabar bermoqda. Eng qizig'i, so'nggi jangda Bukauskas jiddiy jarohat olgandi. Xalil Rountri uning oyog'ini sindirdi, bu Modestasni jangni davom ettirishiga to'sqinlik qildi va shu tariqa ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Bukauskasning chetlatilishi haqida bugun xabar berildi, biroq aslida promoushen jangchi bilan munosabatlarni ancha oldin uzgan edi. Modestasning o'zi avvalroq sinishdan keyingi operaciya yaxshi o'tgani va u oktagonga qaytishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.
Malumot uchun, litvalik UFC'da to'rtta jang o'tkazib, ularning uchtasida mag'lub bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar