12 iyu 09:32
Yangiliklar
UFC jangchisi: "Yanni mag'lub etishimga ishonchim komil"
"Petr Yanni mag'lub eta olishimni his qilyapman. Har qanday jangchi ham oktagonga shunday tuyg'u bilan chiqishi kerakligini tushunaman, biroq men uni ko'rib, mag'lub eta olishimni tushundim. Ayniqsa, uning uslubiga qarab, bir qancha farqli uslublardan foydalana olishimni tushunib etdim. Aslida, Petr Yan faqatgina yuqori darajada himoyalanib, vaqti-vaqtida teykdaunlarni amalga oshiradi, deb o'ylayman.
Bunday himoyalanishni ko'p ko'rganman. Men bokschilar, qolaversa muay-tay ustalari bilan sparring o'tkazdim. Bu kabi yigitlarning ko'pi bilan birga mashg'ulot o'tkazdim. Ular bilan aynan shunday himoyalanish bo'yicha shug'ullandim", - deya Yanezning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Adrian Yanez so'nggi bor 19 iyun tongida Tonni Kelliga qarshi, Petr Yan esa 10 aprel kuni Aljemeyn Sterlingga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, yana bir amerikalik SHon O'Melli Petr Yanni jangga chorlagan edi, o'z navbatida Petr ham buni javobsiz qoldirmagan edi.
Fikrlar