20 iyu 07:45
Yangiliklar
UFC Kevin Li va Rinat Faxretdinov jangini rasman elon qildi
Avvalroq, mazkur turnirning yarimo'rta vazn toifasida AQSH vakili Kevin Li (19-7-0) rossiyalik Rinat Faxretdinov (21-2-0) bilan jang qilishi haqida xabar bergan edik. UFC bu jangni rasman tasdiqladi. To'qnashuv 3 raund etib belgilangan hamda prelim kard doirasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, ushbu oqshomning markaziy jangi o'rta vaznlilar - amerikalik SHon Striklend (26-5-0) hamda Germaniya nomidan jang qiluvchi Abusupyan Magomedov (25-4-1) o'rtasida kechadi.
Eslatib o'tamiz, Kevin Li o'zining so'nggi jangini o'tgan yilning mart oyida Xabib Nurmagomedov egalik qiluvchi Eagle FC ligasida Diego Sanchesga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi. Bu Kevin uchun UFC'ga qaytganidan buyon o'tkazayotgan ilk jangi bo'ladi. Rinat Faxretdinov esa oxirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Brayan Battlga qarshi o'tkazib, zafar quchgan edi.
Fikrlar