So’nggi yangiliklar

14:58Музаффарбек Тўрабоев бош соврин — автомобил соҳиби! (ФОТОРЕПОРТАЖ) 0 14:37"Реал" 5 нафар футболчини ҳеч қандай нархга сотмайди 0 14:16Шон Стрикленд узр сўради 0 13:55РАСМАН: Тошкент 2026 йилда дзюдо бўйича жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади! 0 13:34Бугунги мағлубият Хамзат Чимаев учун фаолиятидаги биринчиси бўлди 0 13:13Гвардиола кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:52Жалолов ва Умматалиев Манчестердаги ғалабали жангидан кейин Абдуқодир Ҳусанов билан кўришишди (ВИДЕО) 0 12:31UFC 328 бонуслари кимларга насиб этди? Бу сафар жангчилар асосий бонусдан ташқари қўшимча "соққа" ҳам ишлаб олишди 0 12:10Бугун пойтахтимиз мезбонлигида ўтаётган бокс бўйича Осиё чемпионатида финалчилар аниқланади 0 11:49Месси навбатдаги рекордни янгилади 0 11:28Qazaqstan Barysy Grand Slam 2026. Бугун уч нафар оғир вазнли дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:07Бугун Илҳом Назимов RIZIN чемпионлик камарини илк бор ҳимоя қилади. Рақиб "Киллер"! 0 10:46Стрикленд яна UFC чемпиони, Чимаев эса... UFC 328 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 10:20U-17 Осиё кубоги. Бугун Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк учрашувидаёқ ЖЧ йўлланмасини ҳал қилиши мумкин 0 09:52Чимаев — Стрикленд титул жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма эълон қилинди (ФОТО) 0

25 iyu 06:51
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC on ABC 5`ning barcha natijalari: Markaziy jangda Topuriya yutdi, Jumagulov va Rajabovda mag'lubiyat + FOTO

Bugun tunda AQSHning Jeksonvill shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

UFC on ABC 5 oqshomining markaziy jangi yarimengil vazn toifasida o'tkazilib, unda asli gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan, UFC reytingida 9-o'rinni egallab turgan Iliya Topuriya amerikalik Josh Emmettga qarshi oktagonga ko'tarildi. Josh divizionning beshinchi raqamli jangchisi edi. Besh raund to'liq davom etgan jangda Iliya hakamlarning yakdil qarori bilan 50-44, 50-42, 49-45 hisoblarida g'alaba qozondi. Bu Topuriyaning ketma-ket qozongan oltinchi g'alabasi bo'ldi. Uning MMAdagi rekordi 14:0 ko'rinishiga keldi.

 

Iliya Topuriya jangdan keyingi intervyusida navbatdagi raqibi sifatida Aleksandr Volkanovski va Yair Rodriges jangi g'olibini ko'rishni istayotganini aytdi. Bu ikki jangchi 8 iyul kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 290 turniri doirasida o'zaro to'qnash kelishadi.

UFC on ABC 5 turnirining ko-meynivent jangi ayollar engil vazn toifasi divizionida braziliyalik Amanda Ribas hamda amerikalik Meysi Barber o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda Barber ikkinchi raundda raqibasini texnik nokautga uchratdi.

Qozog'istonlik Jalgas Jumagulov navbatdagi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U hakamlarning ayri qarori bilan Joshua Vanga yutqazib qo'ydi. Hakamlarning ikki nafari Van, uchinchisi Jalgasning g'alabasini taminlagan. Tojikistonlik Loik Rajabov esa ikkinchi raundda Mateush Rebeckiga texnik nokaut bilan yutqazib qo'ydi. Devid Onama va Brendan Allen o'z janglarini muddatidan avval g'alaba bilan yakunlashdi.

UFC on ABC 5 turnirining barcha natijalari

Prelim janglar:

Sedrik Dumas Kodi Brandeyjdan ustun keldi (30-27, 29-28, 30-27);

Jek Jenkins Jamall Emmersni mag'lub etdi (27-30, 29-28, 29-28);

CHepe Mariskal Trevor Pikni engdi (30-27, 30-27, 30-27);

Joshua Van Jalgas Jumagulovni mag'lubiyatga uchratdi (28-29, 29-28, 29-28);

Tabata Richchi Jillian Robertsonni taslim etdi (29-28, 29-28, 30-27);

Mateush Rebecki Loik Rajabovni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi (2:36);

Rendi Braun Vellington Turman ustidan zafar quchdi (29-28, 29-28, 29-28);

Nil Megni Filip Roudan ustun keldi (29-28, 28-29, 29-28).


Asosiy kard:

Brendan Allen Bruno Silvani birinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi (4:39);

Devid Onama ikkinchi raundda Gabriel Santosni nokautga uchratdi (4:13);

Osten Leyn va Jastin Tafa jangi birinchi raundda ko'zga barmoqlar bilan jarohat etkazilgani uchun o'tkazilmagan deb topildi (0:29);

Meysi Barber Amanda Ribasni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi  (3:42).


Oqshomning asosiy jangi:

Iliya Topuriya Josh Emmettni ochkolar hisobida mag'lub etdi (50-44, 50-42, 49-45).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing