12 jan 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC prezidenti Edvards - CHimaev jangidan voz kechdimi?
UFC rahbari Dena Uayt Leon Edvards hamda Xamzat CHimaev o'rtasidagi jangni tashkil etishdan voz kechmaganini malum qildi.
"Bu o'tkazilishi kerak bo'lgan janglardan biri. Menga ularning jangi yoqadi. Har ikkisi ham o'zaro bahs olib borishga rozi. Vaqtimiz yuzaga kelishi bilan ularni oktagonda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Hozircha har ikkisi sog'lom ekanligiga yuz foiz amin bo'lishim kerak. CHunki Xamzat va Leon koronavirusga chalinib ulgurdi", - dedi Dena.
Eslatib o'tamiz, Leon Edvards va Xamzat CHimaev o'rtasidagi jang ikki marta bekor bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar