30 iyu 11:05
Yangiliklar

UFC rahbari Adesanyaning navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytdi
Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt Yahoo Sports nashriga bergan intervyusida malum qildi.
"Agar Pereyra g'alaba qozonasa, bu uni Adesanyaga qarshi qiziqarli jangga olib boradi. Bu yigitlar ko'p jihatdan bir-biriga o'xshaydi. Ikkalasi ham GLORYʼdan kelgan. Pereyra o'rta va engil vaznda sobiq chempion va u Adesanyani ikki bor mag'lub qilgan. U UFC 276 turnirida kuchli raqib, Striklendga qarshi oktagonga ko'tariladi va bu juda yaxshi jang bo'ladi. Agar Pereyra g'alaba qozonsa, uni Adesanya bilan jang qilishi mantiqan to'g'ri", — dedi Dana Uayt
Aleks Pereyra va SHon Striklend o'rtasidagi jang 2 iyul kuni Las-Vegasdagi UFC 276 turnirida bo'lib o'tadi. Turnirning markaziy jangida Israel Adesanya Jared Kannonirga qarshi unvonini himoya qiladi.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra kikboksing bo'yicha Israel Adesanyani ikki marta mag'lub etgan.
Fikrlar