04 avg 16:50
Yangiliklar
Boks/MMA
UFC reytingi yangilandi. Nursulton Ro'ziboev va Bogdan Guskovning o'rinlarida o'zgarish ro'y berdi
Barcha vazn toifalarida UFC Meta reytinglari yangilandi.
Ligada faoliyat olib borayotgan uchchala o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustalari — Ramazon Temirov, Nursulton Ro'ziboev va Bogdan Guskov ushbu reytingdan joy olgan.
Yangilangan reytingda Temirov o'ta engil vazn toifasidagi ettinchi o'rinni saqlab qoldi.
Nursulton Ro'ziboev esa o'rta vazn divizionida bir pog'ona yuqorilab, o'n to'rtinchi o'ringa joylashdi.
So'nggi jangida texnik nokaut orqali imkoniyatni boy bergan yarim og'ir vaznli Bogdan Guskov to'qqizinchi o'rindan o'ninchi pog'onaga tushirildi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar