29 sen 16:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/237304_220.jpg)
UFC Rossiya va Qozog'iston vakillarining o'zaro jangini belgiladi + FOTO
Rossiyalik UFC jangchisi Arman Carukyan navbatdagi jangini Qozog'iston vakili Damir Ismagulovga qarshi o'tkazadi.
Engil vazn toifasi vakillari ishtirokidagi ushbu jang 17 dekabr kuni UFC Vegas 66 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
Carukyan so'nggi bor Mateush Gamrot bilan jang qilib, hakamlarning shubhali qarori bilan mag'lub bo'lgan edi. Ismagulov esa oxirgi jangida Guram Kutateladze ustidan g'alaba qozongan.
Avvalroq, ushbu turnir kardidan hamyurtimiz Saidyoqub Qahramonovning ham jangi o'rin olgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : twitter.com/Marcel Dorff
Fikrlar