22 sen 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA

UFC sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov qaytayotganiga ishora qildi (FOTO)
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Saidyoqub Qahramonov Instagram sahifasi orqali muhim yangilik bilan bo'lishdi.
U keyingi jangini 23 oktyabr kuni Dubayda o'tkazishiga shama qildi.
O'sha kuni Dubayda MMA bo'yicha faqatgina ACA 194 (Absolute Championship Akhmat) turniri tashkil etiladi. Hozircha sportchining o'zi aynan qaysi Ligada jang qilishi va raqibi haqida malumot bermagan.
Malumot uchun, Qahramonov 2021-2022 yillar davomida UFC'da 3 ta jang o'tkazib, 2 g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : instagram.com/saidyokub135
Fikrlar