So’nggi yangiliklar

10:07Ўзбек боксчиси Дана Уайтга тегишли Zuffa Boxing`да дебют қилди 0 09:46Муҳаммад Мокаев Жейк Полнинг биринчи турнирида жанг қилмайди 0 09:25"Барселона" "Реал"ни мағлуб этиб, муддатидан аввал Ла Лига чемпиони бўлди + ВИДЕО 0 09:04Хамзат Чимаев Шон Стрикленд билан реваншга ишора қилди 0 08:43Дана Уайт Оқ уйдаги турнир иштирокчилари учун оширилган бонусларни эълон қилди 0 08:22Кичик Жарқўрғондаги катта дзюдо байрами ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:01Бунақаси бўлмаган! Ўзбекистон стартдаги ғалабадаёқ Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 19:52Super Rapid & Blitz Poland 2026. Синдаров турнирни нечанчи ўринда якунлади ва қанча мукофот пули ишлаб олди? 0 19:31Хамзат Чимаевни мағлубиятдан сўнг дарҳол жангга чорлашди 0 19:10Ўзбекистон ва Россия дзюдо федерациялари стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 0 18:4937 ёшли Мхитарян ёзда фаолиятини якунлаши мумкин 0 18:28Паркентда кураш ва белбоғли кураш бўйича анъанавий турнир ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:07Илҳом Назимовнинг "Киллер"га қарши илк RIZIN чемпионлик жангида нокаут қайд этилди 0 17:46Мария Тимофеева Istanbul Open чемпиони! 0 17:25Мбаппе ва Вальверде "Реал"нинг Класико учун қайдномасида йўқ! 0

29 sen 11:44
Yangiliklar

Boks/MMA

UFC tarixidagi eng yosh jangchiga aylangan Rosasning yoshi "urilganmi"?

Teglar :  Raul Rosas
Raul Rosas haqiqatan ham 17 yoshdami?

Rosas Juniorning pasportidagi raqamlardan ko'ra biroz kattaroq ko'rinadi. Biroq Dana Uayt barchasini tekshirgan.

Dana Uaytning davogarlar ligasi navbatdagi turnirida bir qancha qiziqarli janglarga guvoh bo'ldik. Ushbu turnirda bir qancha jangchilar shartnomaga ega bo'lishdi. Misol uchun, Xabib Nurmagomedovning yoshligini eslatuvchi Nurullo Aliev. Bundan tashqari, Raul Rosas Junior ham UFC'dan shartnoma oldi. Amerikalik yosh sportchi Mendo Guterresni hakamlar qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi. Jang unchalik ham qiziqarli o'tmagan bo'lsa-da, etibor qaratadigan bir jihat bor edi. Bu Raulning yoshi bo'lib, u bor yo'g'i - 17 yoshda edi!

Bu bilan yigitcha promoushen tarixida bungacha saqlanib kelgan 19 yoshli eng yosh jangchi rekordini yangiladi. Eng yosh jangchi bo'lishiga qaramasdan, Raul o'sha kuni oktagonda juda tajribali sportchidek ko'rindi. Raulning xotirjamligi va tajriba arsenali hattoki Dana Uaytni ham hayron qoldirdi. Promoushenning qudratli rahbari jangdan keyingi intervyu jarayonida ham emociyalarini yashirmadi.



"Yigitlar qo'lidan kelganicha harakat qilishdi. 17 yoshli jangchining o'zini tutishi meni hayratda qoldirdi. Barchasini kuzata turib, Rosasning UFC'da jang qilishga tayyorligiga shubha qilmadim. Men bu yigitdan hayratlandim - u betakror. U men ko'rgan va: "Ey Xudoyim, bu yigit dahshatning o'zginasi, fantastika" deb o'ylaydigan yigitlardan biri", - deya takidlab o'tgan Uayt.

Rosasning faoliyatida ilk bor hakamlar qarori bilan g'alaba qozondi. Avvalgi besh jangini u muddatidan oldin yakunlagan edi: bitta nokaut va to'rtta sabmishen! Kurash - meksikalik yigitning kuchli tomonlaridan biri - u bo'g'ish va og'ritish usullarini yaxshi o'zlashtirgan. CHidamlilik ham to'liq tartibda rivojlangan, bundan tashqari, Rosas uch raund davomida mutlaq xotirjam harakatlandi. Unga faqatgina nokaut qiluvchi zarba etishmayapti, ammo bu vaqtinchalik holat.


Rosasning ko'rinishi biroz chalg'ituvchan. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'pchilik UFC muxlislari uning 17 yoshda ekaniga shubha qilishmoqda. U biroz katta ko'rinadi. Ehtimol, Junior yoshini "urgandir"? Albatta bu holatda istisnolar bo'lmaydi. Ammo bunday masalaning taniqli promoushen bilan bog'liq ekani, bunga ishonchni susaytiradi. 17 yoshli yigitga ishonishdan avval Dana uning nozik tomonlarini o'rgangan bo'lsa kerak. Aks holda, u Dana bo'lmay qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing